Prezident hududlardagi yangi ko‘p qavatli uylarni bosqichma-bosqich “yashil” energiyaga o‘tkazish muhimligini ta’kidladi. Quriladigan uy-joyni energiya bilan ta’minlash uchun quyosh elektr stansiyalari bilan shartnoma tuzgan quruvchilar foyda solig‘idan ozod qilinadi, kredit stavkasi arzon bo‘ladi.
2024-yilda O‘zbekiston yana YTTBning Markaziy Osiyoda moliyalashtirish bo‘yicha yetakchi davlatiga aylandi; bank yil davomida mamlakat iqtisodiyotiga 938 mln yevro sarmoya kiritdi. Mablag‘larning yarmidan ko‘pi yashil iqtisodiyot loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi.
Prezident O‘zbekiston Markaziy Osiyoda “yashil” energetika bo‘yicha qo‘shma loyihalardan manfaatdor ekanini ta’kidladi. “Mintaqamiz ulkan uran va o‘ta muhim strategik xomashyo zaxiralariga boy. Bu yo‘nalishda har bir xorijiy hamkorimizga barcha qulay shart-sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz”, — dedi u.
COP29 sammiti doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon rahbarlari “yashil” energiyani rivojlantirish va uzatish sohasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.
Kelgusi 6 yilda O‘zbekistonda elektrga bo‘lgan talab 83 mlrd dan 120 mlrd kilovatt-soatgacha o‘sishi kutilmoqda. “Buni, birinchi galda, qayta tiklanadigan energiya hisobidan qoplaymiz”, — dedi prezident. U, shuningdek, Osiyo va Yevropa bozorlariga “yashil” energiya yetkazib berish rejalarini ham ma’lum qildi.
Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida quyosh elektr stansiyalari, Navoiy viloyatining Tomdi tumanida shamol elektr stansiyasining birinchi bosqichi ishga tushirildi. Ularning umumiy quvvati 2400 MVtni tashkil qiladi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Yashil energiya” sertifikatlarini berish va muomalaga kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, “Yashil energiya” sertifikati birja savdolariga registrant tomonidan standart lotlar asosida sotuvga qo‘yiladi.
O‘zbekiston yaqin yillarda umumiy quvvati 8 GVt dan ortiq qayta tiklanadigan energiya manbalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Biroq, «yashil» o‘tish rivojlanayotgan iqtisodiyot va aholining ijtimoiy zaif qatlamlari uchun shok holatini yaratmasligi kerak, deya ta’kidladi bosh vazir Abdulla Aripov.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting